

- Sarimsoqni maydalang. Piyoz va sabzi tozalang va unchalik katta boʻlmagan boʻlaklarga boʻling.
- Bir-ikki osh qoshiq zaytun moyini qozonda qizdiring va unga barcha sabzavotlarni soling. Sabzavotlar qizargunicha bir-ikki daqiqa kuchli olovda qovuring.
- Soʻngra tovaga to‘gʻralgan pomidorlarni hammasini soling va taxminan 150 ml filtrlangan suv qoʻshing. Provans oʻtlari, tuz va qalampir seping va quritilgan pomidorlarni soling.
- Qaynating va barcha sabzavotlar tayyor boʻlgunga qadar taxminan 20–25 daqiqa davomida past olovda pishiring. Keyin olovdan olib, pyure holatiga kelgunicha blenderda maydalang. Qaymoqni solib aralashtiring, yana qaynatib oling va bir chetga olib qoʻying, shoʻrva tayyor.
- Qovurilgan non uchun ikki boʻlak nonni oshtaxta ustiga qoʻying.
- Har bir boʻlakka eritilgan pishloqni surting. Nonning yarmiga kesilgan pishloq boʻlaklarini qoʻying va ikkinchi yarmi bilan yoping, ikki non orasida ham pishloq boʻlsin.
- Sendvichga zaytun moyidan surting va gril tovasi yoki oddiy tovada har ikkala tomoni qizargunicha qovuring. Tayyor sendvichga sarimsoq suring va boʻlaklarga boʻling. Issiq shoʻrva bilan birgalikda dasturxonga torting.