- Sutni idishga quyib, qaynatib oling.
- Qaynayotgan sutga oz-ozdan polenta seping va quyuq holatga kelguncha 3 daqiqa mobaynida aralashtiring.
- Olovdan olib 25 gr sariyogʻ hamda qirgʻichdan chiqarilgan pishloqni qoʻshing va yashilab aralashtiring.
- Kvadrat ili toʻgʻri burchakli shakllarga zaytun yogʻi surting va unga yarim tayyor holatdagi polentani joylashtiring.
- Chedder bo‘laklarini polenta ustiga bir tekisda joylashtiring.
- Ustidan polentani ikkinchi qismi qoʻying va tekislang.
- Sovutib, 1 soatga muzlatgichga qoʻying.
- Cherri pomidorlarini yuving va issiqqa chidamli shaklga joylashtiring.
- Yogʻ quying, tuz, murch, va oregano seping, Sarimsoq boʻlagining 4dan bir qismini qoʻshib yaxshilab aralashtiring.
- 180 ⁰C haroratga qizdirilgan duxovkaga, 15 daqiqaga qoʻying.
- Oz miqdordagi sariyogʻ bilan tovani qizdirib oling. Tovaga ismloqni hammasini solib, baland olovda tayyor boʻlgunga qadar qovuring, ozroq tuz seping.
- Qolgan polentani kesib, yumaloq shakllarga ishlatish mumkin.
- Tovada qolgan sariyogʻni qizdirib, qolgan polentani ikkala tomoni qizargunicha qovuring.
- Qovurilgan polentani likopchaga solib, ustiga ismaloqni joylashtiring. Pishirilgan pomidorni ismaloq ustiga qoʻyib, uning ustidan pomidorni pishirish paytida ajralib chiqqan suvi yoki zaytun yogʻidan quying. Dasturxonga tortishdan avval rayhon bilan bezating.