

- Nonni taxminan 1х1 smgacha boʻlgan kubik shaklida kesib, pishirish varagʻiga qoʻying.
- Soʻngra nonga yogʻ quyib, oreganoni yarmini, tuz va murch seping, yaxshilab aralashtiring. Non qarsildoq holatga kelguncha 180°C haroratda taxminan 10–12 daqiqa pishiring.
- Sabzavotlarni tozalang va oʻrtacha boʻlaklarga boʻling, sarimsoqni teng ikkiga boʻling.
- Sabzavotlarni idishga joylashtiring va sabzavotlar ustini 2 smgacha egallaguncha suv quying. Ziravorlar, lavr yaprogʻi, ozgina tuz va qalampir, qolgan oreganoni qoʻshing. Qaynating va barcha sabzavotlar pishganicha pishiring.
- Soʻngra, lavr yaprogʻini oling, bulonni idishga toʻkib, sabzavotlar pyure holatiga kelguncha blenderda maydalang. Eritilgan pishloq va qaymoq qoʻshing.
- Blender bilan aralashtirib, bulonni keragicha qoʻshing va qaynatib oling. Taʼbga koʻra tuz qoʻshing.
- Shoʻrvani idishlarga quyib va suxariklar bilan dasturxonga torting.